
Rasman! "Lester" "Nyukasl" to‘purarini sotib oldi
“Lester” klubi “Nyukasl” forvardi Ayose Peres bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli ispaniyalik futbolchi “tulkilar” bilan 4 yillik kelishuvga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, Peres o‘tgan mavsum APLda jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol urishga erishdi. Ta’kidlash kerakki, u shu tariqa jamoa to‘purariga aylandi.
Fikrlar