Rasman. "Liverpul" futbolchisi faoliyatini London klubida davom ettiradi

  • 3 iyun, 21:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" darvozaboni Kaomxin Kellexer rasman "Brentford" futbolchisiga aylandi. "Asalarilar" klubining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari xabariga ko‘ra, irlandiyalik posbon London jamoasiga to‘liq transfer asosida qo‘shildi. Kellexer bilan imzolangan shartnoma besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirilish imkoniyati mavjud.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Kellexer 2019 yilning yozidan beri "Liverpul" safida harakat qilgan. O‘tgan mavsumda u mersisaydliklar safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning 9 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, "Brentford" darvozabon uchun "Liverpul"ga 21,5 million evro to‘lagan. Kellexerning sobiq klub bilan amaldagi shartnomasida yana bir yil qolgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!