Rasman! Lukash Fabianski terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

  • 9 avgust, 2021, 14:41
  • 0
  • Futbol

Londonning "Vest Xem" klubi darvozaboni Lukash Fabianski Polsha terma jamoasi safida boshqa maydonga tushmaydi.

Polsha futbol ittifoqi 36 yoshli futbolchi xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qilganini tasdiqladi.

Fabianski Polsha terma jamoasi safida 2006 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 52 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 41 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Lukash faoliyati davomida "Vest Xem"dan tashqari "Lex", "Legiya", "Arsenal" va "Suonsi" kabi jamoaard o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!