
Rasman! “Manchester Siti” yangi transferni e’lon qildi (Foto)
Stefan Ortega "Manchester Siti" a’zosiga aylandi. "Shaharliklar" nemis darvozaboni klub bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Ortega avvalroq “Arminiya” tarkibida Bundesligada o‘ynagan. Darvozabon amalga oshirilgan seyvlar soni bo‘yicha Germaniya chempionatida etakchi o‘rinlardan birini egaladi. Shuningdek, Ortega oyog‘i bilan o‘ynash qobiliyati borasida ham turnirning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.
29 yoshli posbon "Arminiya"da jami 8 mavsum o‘ynagan. Ortega "Manchester Siti"ning 2-raqamli posboniga aylanadi.
Fikrlar