Rasman! "Manchester Yunayted" Amorimni iste'foga chiqardi

  • 05.01.2026 15:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" Ruben Amorim bilan xayrlashdi. Bugun tongda unga bu haqida ma'lum qilishgan.

Portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa 14 oy harakat qildi. APLning 20-turida qizil iblislar "Lids" bilan durang o‘ynadi va turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. 

Rasm

Insayder David Ornshteyn esa shu mavzuga oid xabarlarni e'lon qildi:

Shartnoma "Manchester Yunayted" tomonidan buzilmoqda va bu uchun klub kompensatsiya to‘laydi. Amori 2024 yilning noyabr oyida jamoani qabul qilib, 2027 yilgacha amal qiladigan bitimga imzo chekkan edi. 

Ruben va rahbariyat o‘rtasida oldinroq nizo kelib chiqqan va o‘tgan turdan keyingi matbuot anjumanida murabbiy aynan shunga ishora qilib ketdi. "Men murabbiy emas, balki menejer bo‘lishni istayman", - degan edi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!