Rasman! Mane "Liverpul"dan boshqa jamoaga ko‘chib o‘tadi!
"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane "Bavariya" safiga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, vinger Myunxen klubi bilan 3 yillik shartnomaga rozilik bildirgan. Bugun ikki jamoa o‘rtasidagi muzokaralar jarayonidan so‘ng Mane deyarli rasman "Bavariya" futbolchisiga aylangan.
Shuningdek, "BBC Sports" nashrining xabar berishicha, Sadioning "Bavariya"ga o‘tishi Germaniya chempionlari uchun 41 million evroga tushadi. Bu summa o‘z ichiga turli bonuslarni ham oladi.
Statistikaga ko‘ra, Sadio Mane yakunlangan mavsum "Liverpul" safida jami 51 ta o‘yinda 23 gol va 5 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar