
Rasman! Markus "Inter" futbolchisiga aylandi (foto)
"Borussiya Mengxengladbax"dagi o‘yinlari bilan tanilgan futbolchi Markus Tyuram "Inter" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Hujumchi erkin agent sifatida milanliklar safiga ko‘chib o‘tdi. U yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Eslatib o‘tamiz, Tyuram gladbaxliklar tarkibida jami 134 o‘yinda 44 ta gol urgan va jamoadoshlarining 29 goliga assistentlik vazifasini bajargan.
Fikrlar