
Rasman: Markus Reshford "Barselona" bilan shartnoma imzoladi, — Fabritsio Romano
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Markus Reshford "Barselona" bilan shartnoma imzolab, jamoaning yangi futbolchisiga aylandi.
27 yoshli angliyalik hujumchi so‘nggi mavsumda doimiy o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lib, "Aston Villa" safiga ijara asosida yo‘l olgandi. Birmingemliklar safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylangan. Ushbu vaziyatdan so‘ng Ruben Amorim jamoaga qaytgan Markusni tarkibga kiritmadi va futbolchi klubni tark etishga majbur bo‘ldi. Kataloniyaning "Barselona" klubi esa hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Fabritsio e’lon qilgan bo‘lsa ham klub hali hamon rasman deya e’lon qilgani yo‘q.
Fikrlar