
Rasman! “Mash’al”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi (Foto)
Futbolchilik faoliyatida "Mash’al" jamoasining himoya qo‘rg‘onida harakat qilgan va olti yildan buyon jamoa direktori bo‘lib kelgan Dilaver Vaniev klub tarixidagi 17-murabbiysi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Vanievga yaqindan Botir Qoraev va Otabek Narzullaev yordam berishadi.
Faoliyatini “Yangier”da boshlagan himoyachi "Zarafshon", "Navbahor" va "Mash’al" jamoalarida bir mavsum to‘p tepgan. U 2005 yildan beri Muborakda. Orada bir mavsum "Andijon" libosini kiydi. Hatto klub 1-ligaga tushib ketgan yili ham Vaniev jamoasiga sodiq qolgan edi.
1975 yilda tavallud topgan futbolchi roppa-rosa 39 yoshigacha futbol o‘ynadi. Doimiy ravishda o‘z saviyasini bir xil tarzda ushlab tura olgan Vaniev jamoasining rosmanasiga afsonasiga aylana oldi.
Fikrlar