Rasman! Mauritsio Sarri "Yuventus" klubi bosh murabbiyi (Foto)
Angliyaning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoani tark etdi. U yana Italiyaga qaytdi.
Oldinroq mutaxassisni Turinda kutishayotgani va "Yuventus" bilan shartnoma imzolashi borasida xabarlar tarqalgandi. Bugun ushbu ma’lumotlar tasdig‘ini topti. "Yuventus" klubi matbuot xizmati Mauritsio Sarri jamoa ustoziga aylanganini e’lon qildi.
Mauritsio Sarri "Yuventus" klubi bilan 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Mauritsio Sarri "Chelsi" bilan bu mavsum Evropa ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. APLda esa 3-o‘rinni egalladi.



Fikrlar