Rasman! Messi "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi

  • 27 may, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi faoliyati davomida 6-marta "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qayd etish kerakki, 31 yoshli argentinalik futbolchi yakunlangan mavsum La Ligada jami 36 gol urdi.

Bu borada Messidan keyingi o‘rinlarni Kilian Mbappe (PSJ 33ta) va Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya" 26ta) egalladi.

Quyida kuchli beshlik chempionatlarning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purarlarining kengaytirilgan ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:

1. Lionel Messi ("Barselona") - 36 gol

2. Kilian Mbappe (PSJ) - 33

3. Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya") - 26 

4. Duvan Sapata ("Atalanta") - 23 

5. Mbaye Diane ("Galatasaray") - 30 

6-11. Robert Levandovski ("Bavariya") - 22 

6-11. Per-Emerik Obameyang ("Arsenal") - 22 

6-11. Sadio Mane ("Liverpul") - 22 

6-11. Muhammad Saloh ("Liverpul") - 22 

6-11. Kshishtof Pentek ("Milan") - 22 

6-11. Nikolya Pepe ("Lill") - 22 

12-17. Dushan Tadich ("Ayaks") - 28 

12-17. Lyuk de Yong (PSV) - 27 

12-17. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") - 21 

12-17. Serxio Aguero ("Manchester Siti") - 21 

12-17. Luis Suares ("Barselona") - 21

12-17. Karim Benzema ("Real") - 21

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!