Rasman! Messini qamashmaydi

  • 7 iyul, 2017, 19:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispan sudi “Barselona” futbolchi Lionel Messiga nisbatan jazo turini o‘zgartirishga qaror qildi. Dastavval, uni 21 oylik qamoq jazosi kutayotgani haqida xabar berilgan edi. Endilikda, Messi 252 ming evro miqdoridagi jarima bilan “suvdan quruq” chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Uning otasi Xorxe Messi esa 180 ming evro miqdoridagi jarimani to‘lashi lozim.

Ular 2016 yilning iyun oyida 2007-2009 yillarda 4,1 mln evro miqdoridagi soliqdan bo‘yin tovlagani uchun sud oldida javob bergan edilar.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!