Rasman! "Monako" 18 yoshli serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Serbiyaning "Partizan" klubi himoyachisi Straxinya Pavlovich "Monako"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra monakoliklar 18 yoshli serb futbolchisi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Uning transferi esa klubga 10 mln evroga tushgan.
Ta’kidlash kerakki, garchi Pavlovich “Monako” bilan shartnoma imzolagan bo‘lsada, u mavsum yakuniga qadar o‘z jamoasida ijara asosida to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Pavlovich “Partizan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2019 yilning fevralida debyut qilgan. O‘tgan davr ichida 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar