Rasman: Murodov oktagonga ko‘tariladigan, Nurmagomedov - Fergyuson jangi bo‘lib o‘tadigan UFC 249ning manzili o‘zgartirildi

  • 19 mart, 2020, 19:01
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC promousheni hamyurtimiz Mahmud Murodov jang qiladigan va Xabib Nurmagomedov - Toni Fergyuson qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadigan UFC 249 turnirining manzilini o‘zgartirdi.

Tecno

Ushbu oqshom 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus keng tarqalgani munosabati bilan jang boshqa joyga ko‘chirildi.

Ushbu qaror, Nyu-York shtati atletika komissiyasi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, shuningdek, Nyu-York shtatining katta ommaviy yig‘ilishlarni cheklashlariga binoan qabul qilindi.

Chiptalarni xarid qilganlar to‘liq qaytarib berishlari mumkin. Shuningdek, telefon va internet orqali buyurtma berganlarning barchasi bekor qilinadi va to‘lovlari qaytarib beriladi.

Ma’lumot uchun, UFC 249 turniri qayerga ko‘chirilgani hozircha noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!