Rasman! "Nasaf" Ro‘ziqul Berdiev va uning shtabi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 26 yanvar, 23:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili "Nasaf" bilan azaliy orzusi bo‘lgan - chempionlikni qo‘lga kiritgan bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev rasman yangi mavsumda ham qarshiliklar jamoasini boshqarishda davom etadi.

Klub rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytirilganligi haqida "Nasaf" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yana xabarda keltirilishicha, jamoaning murabbiylar shtabi bilan ham amaldagi mehnat shartnomalari uzaytirilgan.

"Nasaf" Ro‘ziqul Berdiev bosh murabbiyligi davrida O‘zbekiston chempionatining besh karra bronza medallari va uch marta kumush medallari sohibiga aylandi, shuningdek, to‘rt marta O‘zbekiston Kubogi va uch marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda jamoa Berdiev qo‘l ostida orziqib kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

5 karra yil murabbiyi va 2 marta Superliganing eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!