Rasman! "Navbahor" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 25.09.2025 16:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sergey Lushan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. 

“Navbahor” futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lushan o‘tgan mavsumning 2-davrasida jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning boshqaruvida “lochinlar” Superligada 35 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta g‘alaba, 9 ta durang, 10 ta mag‘lubiyat, O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda esa 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta g‘alaba (ikkitasi penaltilar seriyasi bo‘yicha), 1 ta durang hamda 2 ta mag‘lubiyatni qayd etishdi. 
Biz Sergey Ivanovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaymiz"
, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!