
Rasman! "Navbahor" sobiq vakili "Zob-Axan" futbolchisi sifatida tanishtirildi! (Foto)
"Navbahor" sobiq futbolchisi Exsoni Panshanbe Eronning "Zob-Axan" klubi futbolchisi sifatida tanishtirildi. U yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Exsoni "Navbahor" safida 52 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan 4 bora mamlakat chempioni va 3 marta Superkubok o‘yinida zafar quchgan.
2018 yilda Panshanbe Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.
Fikrlar