
Rasman! "Neftchi"da xorijlik murabbiy ish boshladi
Murabbiylar shtabini xorijlik mutaxassislar bilan mustahkamlash yo‘lidan borayotgan "Neftchi" klubi rahbariyati serbiyalik tajribali murabbiy Milan Chirich bilan shartnoma imzoladi.
Jamoada jismoniy tarbiya murabbiyi sifatida ish olib boradigan bu mutaxassis futbolchilik faoliyatini Serbiyaning "Radnitskiy Pirot" klubida boshlagan. So‘ngra faoliyatini "Obilich" jamoasida davom ettirgan. 2010 yilda jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik tajribasini o‘rganishga kirishdi. Shu sohada ish boshlab, o‘z yurtidan tashqari Bolgariyaning TsSKA, "Ludogorets", Xitoyning "Dundjin Shanyan", "Guanlyan Dunguan" va Ummonning "Al-Suvayx" kabi taniqli klublarida faoliyat yuritib, bu sohada mehnatsevar, mahoratli va ijodkor mutaxassis sifatida shuhrat qozondi.
"Neftchi" klubi matbuot xizmati
Fikrlar