
Rasman! Norxonov sobiq klubiga qaytdi
“Buxoro” klubi kutilgan transferni e’lon qildi. Ya’ni, 31 yoshli hujumchi Shoxruz Norxonov “Buxoro” bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumki, futbolchi o‘tgan yil boshida “Buxoro”dan “Neftchi”ga o‘tgan bo‘lib, ortda qolgan mavsumda u farg‘onaliklar safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Ko‘rib turganingizdek Shoxruz yana sobiq jamoasiga qaytdi.
Norxonov faoliyati mobaynida shuningdek, “Obod”, “Bunyodkor”, “So‘g‘diyona”, “Navbahor” klublarida ham o‘ynagan.
Shoxruz “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev bilan juda yaxshi munosabatda va ular ilgari ham birga ishlashgan.
Fikrlar