Rasman! Nurmagomedovning keyingi jangi qoldirildi
Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Said Nurmagomedov jarohatlangani tufayli Raoni Barselosaga qarshi jangi qoldirildi.
Ushbu bellashuv joriy yilning 11 may kuni Rio-de-Janeyroda tashkillashtirilayotgan UFC 237 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, Saidning MMA doirasidagi rekordi 13-1, UFCda esa Nurmagomedov 2ta jang o‘tkazib biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Fikrlar