Rasman! O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasiga xorijdan murabbiy tayinlangani e’lon qilindi (Foto)

  • 1 fevral, 2022, 11:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Midori Honda bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassis 2023 yilning yakuniga qadar O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda klub O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2022-02-01_07-09-15

Ma’lumot o‘rnida, Midori Honda 1964 yilda Yaponiyaning Sidzuoka shahrida tavallud topgan. 1981-1991 yillar davomida Yaponiya ayollar terma jamoasi safida to‘p tepgan. Ushbu davr mobaynida jamoasi bilan birgalikda Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Murabbiylik faoliyatini esa 2001 yilda “Okayama“ klubida boshlagan. Keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar terma jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida jahon Chempionatida ishtirok etgan va mundialda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Mutaxassis 2013-2019 yillar davomida “Nagano Parseyro”, 2020-2021 yillarda “Sidzuoka SSU Asredjina” klublarini boshqargan. Bundan tashqari, Midori Xonda Yaponiyada JFAning “S” kategoriyadagi (“Pro”ga teng yuritiladigan) litsenziyani olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi.

Shuningdek, ayollar terma jamoamizda yana bir yaponiyalik mutaxassis — Takaya Tsutsumi darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!