Rasman! "Paxtakor" Iroq milliy terma jamoasi sardorini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 13 dekabr, 2024, 09:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi transferlarni boshladi.

"Iroq terma jamoasi a’zosi klubimiz bilan 1+1 ko‘rinishida shartnomaga imzo chekdi. 27 yoshli yarim himoyachi klublar va milliy terma jamoada 100dan ortiq xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushgan. Faoliyati davomida Iroqning "Al Quva Al Javiya", Eronning "Persepolis", Qatarning "Qatar" SK va "Markiya" klublarida o‘ynagan. Iroq va Eron chempioni bo‘lgan Resan OFK Kubogida g‘olib bo‘lib, Osiyo Chempionlar Ligasida ikki bor finalga chiqqan. Iroq terma jamoasi safida 56 o‘yinda 4 gol muallifiga aylangan.

Bashar Resan yangi murabbiy Pedru Moreyra boshchiligida "Paxtakor"ning birinchi xaridi bo‘ldi. Resanning "Sherlar" safidagi faoliyatiga omad va ko‘plab sovrinlar tilab qolamiz. "Paxtakor"ga xush kelibsan, Bashar!

3 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in boshlaydigan jamoamizdan yanada ko‘prog‘ini kuting", - deyiladi klubi matbuoti xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!