Rasman! "Paxtakor" futbolchisi AGMK a’zosiga aylandi

  • 9 fevral, 2021, 19:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK klubining rasmiy "Telegram" sahifasi "Paxtakor" qanot himoyachisi Akrom Komilov bilan shartnoma imzolanganini xabar bermoqda:

Tecno

"AGMK jamoasi selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda va klub navbatdagi transferga qo‘l urdi.Chap qanot himoyachisi Akrom Komilov faoliyatini jamoamizda davom ettiradigan bo‘ldi. O‘tgan mavsumlarda «Paxtakor» sharafini himoya qilgan futbolchi ijara asosida AGMKga o‘tdi va 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Akrom Komilov 1996 yil 14 mart kuni tavallud topgan. 2014-2018 yillar davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan hamda 2019-2020 yilgi mavsumlarni «Paxtakor» klubida o‘tkazgan. Komilov 7 yillik faoliyati davomida jami 180 o‘yin o‘tkazgan va 7ta golga mualliflik qilgan.

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Akrom!", - deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!