Rasman: "Paxtakor" Rostin Griffits bilan shartnomani bekor qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

"Paxtakor" klubining avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffitsning jamoa bilan shartnomasi ikki tomonlama kelishuvga asosan bekor qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘tgan yilning yozida Griffits bilan 2018 yil oxirigacha shartnoma tuzilgandi. Klub va futbolchi ushbu shartnomani muddatidan ilgari yakunlashga kelishib olishdi.

Xabarda qayd etilishicha, shu tariqa 1 iyundan boshlab Griffits "Paxtakor" futbolchisi sanalmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!