
Rasman! PSJ bosh murabbiy Kristof Galte bilan shartnomani bekor qildi
PSJ klubi bosh murabbiy Kristof Galte bilan xayrlashdi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
Kelishuv ikki tomonlama bekor qilingan. Rahbariyat mutaxassisga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, parijliklar bugunning o‘zida yangi bosh murabbiy nomini e’lon qiladi. Luis Enrike Parij grandi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Fikrlar