
Rasman! PSJ etakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Pari Sen-Jermen" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa yarim himoyachisi Anxel Di Mariya UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuborishini aytdi.
“Di Mariya masalasi yopildi. Ammo Anxelning yo‘qligiga qaramay, biz “Barselona”ga qarshi rejalarimizni o‘zgartirmaymiz. Biz to‘g‘ri yo‘lni topamiz”, - dedi Pochettino.
32 yoshli Di Mariya joriy mavsum PSJ safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. "Barselona" – PSJ o‘yini esa 16 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar