Rasman! PSJ jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi (Foto)
PSJ klubi a’zosi Anxel Di Mariya Parijda faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Klub matbuot xizmati futbolchi shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi.
Tomonlar 2022 yilgacha bo‘lgan bitimni imzolashgan. Yarim himoya va hujumda harakat qila oladigan Di Mariya parijliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanar edi. Shuningdek, klub rahbariyati argentinalik yulduz bilan 2022 yildan so‘ng yana shartnomani bir yilga uzaytirishlari mumkin.


Fikrlar