Rasman! PSJ Marko Asensio transferini e’lon qildi (foto)
"Real" klubi futbolchisi Marko Asensio faoliyatini Parij jamoasida davom ettiradi. Bugun PSJ uning transferini e’lon qildi.
Asensio parijliklarga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot o‘rnida, Marko "Real Madrid" tarkibida 286 o‘yinda 61 gol va 32 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.




Fikrlar