Rasman! Rakitich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • 21 sentabr, 2020, 20:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” yarim himoyachisi Ivan Rakitich Xorvatiya terma jamoasi safida boshqa o‘ynamaydi.

Tecno

Xorvatiya futbol ittifoqi rasmiy saytining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi mamlakat terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Rakitich Xorvatiya terma jamoasi safida jami 106 ta o‘yinda maydonga tushgan va 15 ta gol urgan. U “JCh-2018”da Xorvatiya terma jamoasi safida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!