Rasman! "Real" darvozasiga gol urgan o‘zbek futbolchisi jamoasiz qoldi

  • 6 iyul, 2022, 09:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev 2021 yilning fevral oyida Varshavaning “Legiya” jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. U Polshaning 15 karra chempioni safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Yaxshiboev so‘nggi oylarni Moldovaning "Sherif Tiraspol" klubida ijarada o‘tkazdi. U bu jamoa safida milliy chempionatda oltita, Evropa ligasida 2 ta va Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. E’tiborlisi, Jasur EChL guruh bosqichida Madridda "Real" darvozasiga gol urdi va o‘sha o‘yinda jamoasi klubi sensatsion tarzda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kecha "Legiya" Jasur Yaxshiboev bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!