Rasman! “Roma” yangi transferini e’lon qildi (Foto)

  • 5 iyul, 2022, 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" "Lill" himoyachisi Zeki Chelikni sotib olganini rasman e’lon qildi.

25 yoshli turkiyalik futbolchi Rim klubi bilan 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartoma imzolagan. Hozircha, transfer summasi aniqlangani yo‘q.

“Roma” kabi klubda o‘ynash men uchun sharafdir. Mening katta maqsadlarim bor va yangi jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam bermoqchiman”, - deya Chelikning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Chelik “Lill”da 2018 yilning iyul oyidan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u frantsuz klubi safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!