Rasman! Ronaldu, Ramos... Mana endi Marseloning ketish navbati!

  • 13 iyun, 2022, 17:03
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" Madrid va Braziliya terma jamoasi himoyachisi, "qirollik klubi"ning sardori Marselo jamoasi bilan xayrlashdi. Futbolchi uchun tashkil etilgan maxsus matbuot anjumanida u quyidagilarni gapirib o‘tdi:

Klubga, shu yillar davomida birga harakat qilgan jamoadoshlarimga, murabbiylarga, men uchun oilamdek bo‘lib qolgan xodimlarga, umuman hamma-hammaga rahmat aytib qolaman.

Men hayotimning har kunida dunyoning eng yaxshi klubi safida ekanimdan baxtiyor bo‘lib uyg‘onganman. Farzandlarim eng zo‘r jamoada munosib harakat qilganimni kuzatishdi. Bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak (yig‘laydi). 

Madridliklar bilan shartnoma imzolaganimda cho‘qqiga chiqa olaman, deb o‘ylagan bo‘lishim mumkin. Mana endi rostan cho‘qqidaman (kuladi). Eng kuchli jamoa bilan eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiman.

Men Raulni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. U menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Bugun aynan Raul menga o‘rnak bo‘lganini aytish payti, deb o‘yladim. 

Barchangizga katta rahmat!!! Bu xayrlashuv emas. Men o‘zimni Madriddan ketayotgandek his qilmayapman", - dedi braziliyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!