Rasman! Rossiya terma jamoasi bosh murabbiy bilan bitimni uzaytirdi

  • 12 mart, 2020, 21:16
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya terma jamoasi ustozi Stanislav Cherchesov shartnomasini uzaytirdi.

56 yoshli mutaxassisning yangi shartnomasi 2022 yilning 30 dekabrigacha amal qiladi.

Aynan, 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin Cherchesovning keyingi tadiriga oydinlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, Cherchesov 2016 yilning avgust oyida Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida, ruslar 2018 yilgi jahon chempionatining chorak finaliga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!