
Rasman! Rustam Ashurmatov "Navbahor" futbolchisi!
Mahoratli himoyachi Rustam Ashurmatov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. Mazkur futbolchi 1996 yil, 7 iyul kuni Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2015 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2016-2018 yillar), Janubiy Koreyaning “Kvanju” (Kvanju, 2019-2020 yillar) va “Kanvon” (Kanvondo, 2021 yil) klublarida o‘ynagan.
Shuningdek, O‘zbekiston U-17, U-19 va U-23 terma jamoalari etakchilaridan biri bo‘lgan. 2018 yili O‘zbekiston U-23 yoshlar termasi safida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
2017 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini nishonlagan.
Fikrlar