
Rasman! Serxi Roberto "Komo" a’zosiga aylandi
Italiya A Seriyasining yangi jamoasi "Komo" yozgi transferlar oynasida bir nechta mashhur futbolchilarni jalb qilmoqda. Bu galgi transfer esa "Barselona" o‘yinchisi Serxi Roberto bo‘ldi.
Yangi bosh murabbiyi Fabregas yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub bir necha kun oldin sobiq "Real" himoyachisi Rafael Varan bilan shartnoma imzolagan edi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachi o‘tgan mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida 14 ta o‘yinda harakat qilib, 3 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar