
Rasman! Shahram G‘iyosov qaysi kamar uchun jang qilishi ma’lum bo‘ldi (poster)
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) janglar o‘tkazgan Shahram G‘iyosov (12-0, 9KO) 7 may kuni bitta divizion yuqorilab, 66,6 kgda Kristian Gomesga (22-2-1, 20 KO) qarshi bahs olib borishi haqida ma’lumot bergan edik. Ushbu to‘qnashuv Matchroom kompaniyasi tomonidan rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra jangga IBF shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari qo‘yilgan.
Fikrlar