
Rasman! "Sho‘rtan" yangi hujumchi transferini e’lon qildi
"Sho‘rtan" Murodxo‘ja Jabborov bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda, klubning matbuot xizmati.
Go‘zorliklar yangi mavsum uchun jamoa tarkibini kuchaytirishda davom ettirmoqda. Superliga klubi mohir hujumchi Murodxo‘ja bilan kelishib oldi va tez kunlarda o‘yinchi jamoa safiga kelib qo‘shiladi. Futbolchi "Sho‘rtan" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli forvard faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Jizzax” va Qirg‘izistonning “Alay” jamoalarida harakat qilgan.
Fikrlar