Rasman! Suares "Selta" futbolchisiga aylandi
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Denis Suares rasman jamoasini o‘zgartirdi.
25 yoshli ispaniyalik futbolchi endi “Selta” klubi sharafini himoya qiladi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Suares tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamonoq vigoliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. U yangi jamoasida 6-raqamda o‘ynaydi.
Xabarlarga qaraganda “Barselona” ushbu transfer ortidan jami 16 mln evro ishlab oladi.
Ma’lumot uchun, Suares asli “Selta” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2011 yil jamoani tark etgan edi.
Fikrlar