Rasman! Sulsher "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Mankunianliklar rasmiy saytining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, ushbu shartnoma tomonlar roziligi bilan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sulsher “Manchester Yunayted”ni 2018 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. U 1996-2007 yillarda ushbu jamoa sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan.
Sulsher boshqaruvidagi MYu o‘tgan mavsum APLda 3-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari ular UEFA Evropa ligasi finaliga qadar etib borishdi.
Fikrlar