
Rasman! "Surxon" Jahongir Abdusalomov bilan shartnomani uzaytirdi
Termizning "Surxon" klubi Jahongir Abdusalomov bilan shartnomani uzaytirdi.
"Jamoamiz sardori 2025 yilgi mavsumida ham "Surxon" sharafini himoya qiladi. Jahongir Abdusalomov "Surxon" bilan shartnomani uzaytirdi. 2024 yilda barcha musobaqalarida Abdusalomov 30ta uchrashuv o‘tkazib, gol+pas tizimi bo‘yicha 10 ochko (9+1) ishlab oldi.
Jahongirning yangi shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo‘ljallangan. Sardorimizga "Surxon" tarkibida ko‘plab g‘alabalarga munosib hissa qo‘shib olishiga biz ishonamiz", - deyiladi "uchar tulporlar" matbuoti xabarida.
Fikrlar