Rasman! Toshkent boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, musobaqada rekord miqdorda sovrin jamg‘armasi bo‘ladi

  • 8 noyabr, 2022, 09:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda tashkilot rahbari 2023 yilgi jahon chempionati 1-14 may kunlari Toshkentda o‘tkazilishini tasdiqladi.

"Ishonamanki, boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yuqori darajada o‘tkaziladi va tarixdagi eng zo‘rlaridan biri bo‘ladi. Men O‘zbekistonda bo‘lganman va u erda musobaqalar qanday tashkil etilishini ko‘rganman. U erdagi professionalizim va boksga bo‘lgan mehr ko‘p mamlakatlar uchun namuna bo‘ladi. Toshkentda yangi chempionlarni ko‘rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Tarixda ilk bora bizda rekord miqdordagi mukofot jamg‘armasi bo‘ladi - 5,2 million AQSh dollari. Birinchi o‘rin uchun 200 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘ringa 100 000 AQSh dollari, bronza medali sohiblariga esa 50 ming dollardan beriladi", - dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov.

O‘z navbatida, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Toshkent "jahon boksi poytaxti" bo‘lishidan mamnun ekanligini ta’kidladi.

"Bu tasodifan bo‘lib qolgani yo‘q, O‘zbekistonda uzoq yillardan beri saqlanib kelinayotgan boy boks an’analari bunga sababdir. O‘zbekiston boks oilasi nomidan shuni aytishim mumkinki, mamlakatimiz boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha ishni qiladi", - dedi Saken Polatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
08/11/2022 17:38
Офарин