
Rasman! "Tottenxem" Loris bilan shartnomani uzaytirdi
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining frantsiyalik darvozaboni Ugo Loris bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2024 yilning 30 iyun sanasigacha amal qiladi. Aytish kerakki, Lorisning avvalgi shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan edi.
35 yoshli Loris joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar