Rasman! "Tottenxem" o‘z futbolchisini La Liga klubiga ijaraga berdi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso mavsum so‘nggiga qadar "Vilyarreal"da ijara asosida to‘p tepadigan bo‘ldi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Lo Chelso 2019 yildan buyon "shporlar" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U London klubi safida 84 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, "Transfermarkt" portali 25 yoshli argentinalik futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

Fikrlar