Rasman! Tyago Motta PSJni tark etdi
PSJ klubi o‘zining rasmiy saytida Tyago Motta jamoani tark etganini rasman e’lon qildi.
Ta’kidlash lozimki, Motta 2018 yildan buyon PSJ U19 jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Italiyalik mutaxassis professional murabbiylik kurslarida tahsil olish uchun o‘z ixtiyoriga ko‘ra jamoadan ketgan.
Ma’lumot uchun, Motta 2012-2018 yillarda PSJ safida futbolchi sifatida o‘ynagan. U shuningdek "Barselona", "Atletiko", "Jenoa" va "Inter" kabi jamoalarda to‘p surgan. Italiya terma jamoasida esa 30ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar