Rasman! Varan "Manchester Yunayted"ni tark etadi

  • 14.05.2024 15:22
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Rasman "Manchester Yunayted" Rafael Varanni mavsum so‘nggida jamoani tark etishini tasdiqladi.

GNh7PQLW4AAFp80?format=jpg&name=900x900 

2021-yilda 50 million evroga tushgan (40+10) himoyachi bugun jamoani erkin agent sifatida tark etmoqda. Shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoni ham bor edi, lekin bundan foydalanilmaydigan bo‘ldi.

"Bu mavsum uydagi so‘nggi o‘yinda barchangiz bilan "Old Trafford"da xayrlashaman. Bu men uchun juda hissiy kun bo‘ladi", - dedi frantsiyalik futbolchi. 

Hozircha Varanning keyingi manzili noaniq. Unga Saudiya Arabistonida anchadan beri qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!