
Rasman! Viktor Kumikov "Andijon"dan ketdi
"Andijon"da yana bosh murabbiy almashdi. Qisqa muddat bo‘lsa-da, jamoani boshqargan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Joriy mavsumga jamoani tayyorlagan Aleksandr Xomyakov 3-turdan so‘ng, egallab turgan lavozimini tark etgandi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin paytida jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga Viktor Balyutovich Kumikov taklif etilgandi.
Bugun klubning yangi rahbari Jur’atbek Quvvatov hamda jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘zaro uchrashdi va tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani ikki tomonlama bekor qildi.
"Andijon" muxlislari nomidan Viktor Balyutovichning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar