Rasman! Xamzat Chimaev hamda Gilbert Byorns jangi tasdiqlandi

  • 1 mart, 2022, 13:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasidagi shvetsiyalik Hamzat Chimaev (10-0) va braziliyalik Gilbert Byorns (20-4) o‘rtasidagi jang o‘tkazilishini e’lon qildi.

Tecno

Jang 9 aprel kuni markaziy to‘qnashuvi Aleks Volkanovski (23-1) va "Koreyalik zombi" Chan Sun Jung (17-6) o‘rtasida bo‘lgan "UFC 273" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

27 yoshli Chimaev oktyabr oyida "UFC 267" turnirida xitoylik Li Jinliangni (18-7) mag‘lub etgandi. 35 yoshli Byorns esa iyul oyida hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Stiven Tompson (10-6-1) ustidan g‘alabaga erishgan. 

Ma’lumot uchun, Chimaev yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasi reytingida 11 -o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Byorns 2-pog‘onadan o‘rin olgan. 

Ana xolos! "UFC 272" turnirining 2-markaziy jangi bekor qilindi

Azamat Nuftillaev Frantsiya promousheni bilan shartnoma imzoladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!