
Rasman! Yan Zommer "Bavariya" futbolchisi
Rasman Yan Zommer "Bavariya" futbolchisiga aylandi. Darvozabon 2025 yilgacha amal qiladigan shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Uning o‘zi yangi jamoasi haqda gapirdi.
"Bu kuchli klub, biz bir-birimizga qarshi ko‘p o‘ynaganmiz. Men xozir "Bavariya"ning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman," - dedi 34 yoshli posbon.
Nemis klubi ushbu transfer uchun 8 million evro qo‘shimchasiga 1,5 million evro to‘ladi.
Ma’lumot uchun, Zommer 9 yil "Borussiya Myunxengladbax" sharafini himoya qildi.
Fikrlar