Rasman! Yaponiyalik futbolchi Bundesliga klubini tark etadi

  • 13.04.2023 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali yaponiyalik yarim himoyachi Daichi Kamada jamoani tark etganini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, 2017 yilning yozidan buyon Bundesliga klubi safida to‘p surib kelayotgan 26 yoshli futbolchi frankfurtliklar bilan shartnomasini uzaytirmaslikka va erkin agent sifatida ketishga qaror qilgan.

Kamada joriy mavsum “Ayntraxt” safida barcha musobaqalarda jami 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda Yaponiya terma jamoasi a’zosiga da’vogarlar juda ko‘p. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Kamadaga Ispaniyaning top-klublari - "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, OAV unga Dortmundning "Borussiya"si ham qiziqayotganini qo‘shib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!