Rasman! "Yuventus" Evropa chempionini tarkibga qo‘shib oldi

  • 18 avgust, 2021, 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sassuolo" klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Yuventus"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "keksa sinora" 23 yoshli italiyalik futbolchini keyinchalik 35 million evro evaziga sotib olish sharti bilan 2 yilga ijaraga olgan.

Lokatelli "Sassuolo" safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida u jami 99 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

U bundan avval "Atalanta" va "Milan" klublarida o‘ynagan. Lokatelli shu yoz Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!